O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari Maqtaaralda yangi uy-joy qurilishini boshlab berdi

© Press-slujba premyer-ministra Respubliki KazaxstanPremyer-ministr RK Askar Mamin i premyer-ministr RU Abdulla Aripov zalojili fundament pervogo doma v Maktaaralskom rayone
Premyer-ministr RK Askar Mamin i premyer-ministr RU Abdulla Aripov zalojili fundament pervogo doma v Maktaaralskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maqtaaral tumanining ma’muriy markazi bo‘lgan Mirzaket posolkasida O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari yangi qurilayotgan uy-joylar rejasi bilan tanishishdi. Mahalliy aholi bilan uchrashib, birinchi uy-joy qurilishiga tamal toshi qo‘yishdi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining Mirkakent posolkasida uchrashdi.

Qog‘oziston bosh vaziri matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki davlat bosh vazirlari Maqtaaral tumanida suv bosgan hududlarni ko‘zdan kechirishgan hamda Janajol qishloq okrugining Nurlijol, Orgebas va Firdousi qishloqlariga tashrif buyurgan.

Ta’kidlanishicha, qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga 1300 ming kishi va 220 tadan ziyod texnika jalb qilingan. Jumladan, 200 dan ziyod o‘zbekistonlik mutaxassislar va 100 yaqin O‘zbekiston texnika vositalari ushbu ishlarda ishtirok etmoqda.

Iz-za proriva dambi v Sirdarye, v Kazaxstane evakuirovali jiteley sel - Sputnik O‘zbekiston
Sardoba falokati: O‘zbekiston Qozog‘istonga qutqaruvchi va texnikalarini jo‘natdi

Maqtaaral tumanining ma’muriy markazi bo‘lgan Mirzakent posolkasida O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari yangi qurilayotgan uy-joylar rejasi bilan tanishishdi. Mahalliy aholi bilan uchrashib, birinchi uy-joy qurilishiga tamal toshi qo‘yishdi.

Mirzakentda suv toshqinidan zarar ko‘rgan Jenis, Janaturmis va Dostik aholi punktlarining 500 ta oilasi uchun uy-joy, maktab, bolalar bog‘chasini qurish rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari O‘zbekiston va Qozog‘iston mutaxassislari bilan birgalikda olib boriladi.

Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin davlat rahbari topshirig‘iga binoan suv toshqinidan zarar ko‘rgan Maqtaaral aholisi to‘liq yangi yoki ta’mirlangan uy-joy bilan ta’minlanishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilib ketdi. Viloyatdagi bir necha qishloq, shu jumladan Qozog‘iston janubidagi hudud suv ostida qoldi. Ikki mamlakatda umumiy hisobda 120 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozog‘istonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar ko‘rgani, O‘zbekiston hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0