Habibning ashaddiy raqibi chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi

© AFP 2023 / Ethan MillerToni Ferguson
Toni Ferguson - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UFC 249 musobaqasi doirasida Jastin Getji Toni Fergusonni muddatidan avval taslim qilib, yengil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi. Habib Nurmagomedov ushbu jang yuzasidan fikr bildirdi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. AQShning Florida shtatida UFC 249 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Toni Ferguson Jastin Getjiga mag‘lub bo‘ldi.

Toni Fergusonni muddatidan avval taslim qilgan Jastin Getji yengil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi va u endi rossiyalik  UFC  chempioni Habib Nurmagomedovning keyingi raqibi bo‘lishi kerak.

Habib Twitterʼdagi sahifasida Jastin Getjini Toni Ferguson ustidan qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi va jang ajoyib o‘tganini yozdi. Shuningdek, u Jastin juda “juda aqlli jang” o‘tkazganini ta’kidladi.

​So‘ngra Nurmagomedov Instagramʼdagi sahifasida navbatdagi jang haqida post yozib qoldirdi. Unda uning surati va orqa fonda Getji surati aks etgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov)

“Ushbu sportda, ayniqsa, ushbu vaznda hamisha ortingdan nafas olib turadigan och sherlar bo‘ladi. Agar bo‘shashsang – holing voy. Ayrimlar ketadi, boshqalar keladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q. Biroq men o‘q otishdan oldin yiqilmayman. Biz hali jang qilamiz”, - deya yozgan u.

Bugungi turnirda Fergusonga qarshi Nurmagomedov oktagonga ko‘tarilishi kerak edi, biroq Habib koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiyani tark eta olmasligi sabab jangni bekor qilgan edi. Bu bir necha yil ichida Ferguson va Nurmagomedov o‘rtasida bekor qilingan beshinchi jang edi.

Yangiliklar lentasi
0