Shahar va tumanlar epidemiologik jihatdan toifalarga ajratildi – ro‘yxat

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMO, Nas gvardiya, MVD vvedut patrulirovanie ulis
MO, Nas gvardiya, MVD vvedut patrulirovanie ulis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi bilan hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilashni ta’kidlagan edi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) sur’ati holatidan kelib chiqqan holda hududlar joriy yilning 11-mayidan tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratiladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

“Sariq” va “qizil” toifadagi viloyatlarda koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (shaharlar) “yashil” toifaga kiritiladi.

© Adliya vazirligi matbuot xizmati"Yashil" toifadagi tuman (shahar)lar
Shahar va tumanlar epidemiologik jihatdan toifalarga ajratildi – ro‘yxat - Sputnik O‘zbekiston
"Yashil" toifadagi tuman (shahar)lar

“Yashil” yoki “sariq” toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (shahrida) koronavirus infeksiyasi aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirmagan holda tegishli tumanning (shaharning) o‘zi “qizil” toifaga o‘tkaziladi.

© Adliya vazirligi matbuot xizmati"Sariq" toifadagi tuman (shahar)lar
Shahar va tumanlar epidemiologik jihatdan toifalarga ajratildi – ro‘yxat - Sputnik O‘zbekiston
"Sariq" toifadagi tuman (shahar)lar

Toshkent shahrini “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin.

© Adliya vazirligi matbuot xizmati"Qizil" toifadagi tuman (shahar)lar
Shahar va tumanlar epidemiologik jihatdan toifalarga ajratildi – ro‘yxat - Sputnik O‘zbekiston
"Qizil" toifadagi tuman (shahar)lar

“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda savdo majmualari faoliyatiga ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat beriladi, bunda ushbu majmualarning attraksion, ko‘ngilochar, ovqatlanish bo‘linmalari, kinoteatr va o‘yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashishga hamda sartaroshxona (go‘zallik salonlari) faoliyat yuritishiga faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida “yashil” va “sariq” toifadagi hududlardagina ruxsat beriladi.

Agarda muayan hudud “qizil” toifaga kirib, uning tarkibidagi tuman (shahar)lar “sariq” va “yashil” toifalarga kirgan taqdirda, ushbu tuman (shaharlar)da yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga hamda sartaroshxona (go‘zallik salonlari) faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Avtotransport vositalarining stikersiz, shuningdek, mototransport va velosipedlarning harakatlanishiga “yashil” hududlarda ruxsat beriladi. “Sariq” va “qizil” hududlarda avtotransport vositalari stikersiz har kuni 07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha harakatlanishi mumkin.

Tuman (shahar)larni tegishli toifalarga ajratgan holda bosqichma-bosqich bekor qilishda quyidagi talablar saqlab qolinadi:

  • ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, 3 kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;
  • ta’lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), o‘quv kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik;
  • ko‘ngilochar obyektlar – tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • barcha turdagi ommaviy tadbirlar – konsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) o‘tkazmaslik;
  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
  • dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do‘konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 °S va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash uchun birinchi rahbarlar shaxsan mas’ulligi;
  • qurilish-ta’mirlash ishlarida obyektlarning hududi to‘liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obyektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilishi, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli obyekt hududi doirasida tashkil etishi.

O‘z navbatida, “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda 8-maydan boshlab karantin bosqichma-bosqich bekor qilinadi

Yangiliklar lentasi
0