Sardobada uy quramiz deb 41 million so‘m yiqqan fuqaro aniqlandi - IIB

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyati IIB yaxshilik, xayr-saxovat va mehr-oqibatga boy fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim firibgarlarga ishonib qolmaslikka chaqirdi.

TOShKENT, 10-may - Sputnik. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar bo‘limi Sardoba fojeasini peshava qilib shaxsiy hisob raqamiga 41 miliondan ortiq mablag‘ jamlagan firibgarlar haqida ogohlantirdi

"Ijtimoiy tarmoqlarda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida “Diqqat hayriya – Sardobada uy quramiz” deb fuqaro D.J nomiga “Davrbank”dan ochilgan plastik kartasiga 2020-yilning 02-may kunidan 08-may kuniga qadar 41 679 708 (qirq bir million olti yuz yetmish to‘qqiz ming yetti yuz sakkiz) so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari yig‘ilganligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat bo‘yicha surushturuv ishlari olib borilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Shu sababli Sirdaryo viloyati IIB fuqarolardan ijtimoiy tarmoq va boshqa joylarda tekshirilmagan ma’lumotlar orqali hayriya qiling, uy quramiz, yordam beramiz deb bong urayotgan ayrim firibgarlarga ishonmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni Sirdaryoda sodir bo‘lgan favqulodda holatdan so‘ng 70 mingda ortiq aholi evakuatsiya qilingan edi. Shundan so‘ng butun O‘zbekistondan jabrlanganlarga yordam aksiyasi boshlanib ketdi. Barcha mahalla, tashkilot va boshqa uyushmalar o‘z qamrovi asosida mablag‘, oziq-ovqat, kiyim-kechak, o‘quv qurollari va kitoblar jamlay boshladi. Xayriya yordamlari viloyat va shaharlar bo‘yicha bir joyga to‘planib markazlashtirilgan tartibda Sirdaryo viloyatiga yetkazib berildi.

Yangiliklar lentasi
0