Toshqindan zarar ko‘rgan Maqtaaral aholisiga kompensatsiya to‘lanadi – Toqayev

© Press-slujba KChS MVD RKPodtopleni dva sela v Turkestanskoy oblasti
Podtopleni dva sela v Turkestanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida toshqindan zarar ko‘rganlar yangi yoki tiklangan uy joy bilan ta’minlanadi.

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev toshqindan zarar ko‘rgan barcha aholi uy joy bilan ta’minlanishi va ularga kompensatsiya berilishini ma’lum qildi.

Bu haqda Qozog‘iston yetakchisi bugun Twitter akkauntida xabar yozdi.

​

“Toshqindan zarar ko‘rgan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining aholisi yangi yoki ta’mirlangan uy-joy bilan to‘liq ta’minlanadi. Ularning har biriga respublika budjetidan 100 ming tangadan beriladi”, - deb yozilgan xabarda.

Shuningdek, prezident viloyatda vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0