G‘alaba bog‘i: Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydi

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. Prezidenti dastlab “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75-yilligi keng nishonlanmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtda o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda. 

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"
G‘alaba bog‘i: Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"

Davlat rahbari 9-may kuni ushbu shonli sana munosabati bilan barpo etilgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. 

O‘zbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushida g‘alabani ta’minlashga ulkan hissa qo‘shgan. Lekin bu jasoratni bor ko‘lami bilan ko‘rsatib beradigan yaxlit majmua yo‘q edi. O‘tgan yili prezidenti ulkan bog‘ barpo etib, xalq qahramonligini abadiylashtirish tashabbusini ilgari surgan edi.

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"
G‘alaba bog‘i: Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"

Shundan so‘ng, ilmiy-ijodiy jamoatchilikning takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida badiiy-me’moriy konsepsiya ishlab chiqildi. Davlat rahbari bu boradagi loyihalar bilan bir necha bor tanishdi. Toshkent shahrining Olmazor tumanida 12 gektardan ziyod joy ajratilib, ulkan qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"
G‘alaba bog‘i: Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"

G‘alaba bog‘i har biri alohida mavzuga ega bo‘lgan ikki qismdan iborat. Birinchisida o‘zbekistonliklarning janglardagi ishtirokidan lavhalar, ikkinchisida front ortidagi respublika hayoti aks etgan.

Prezidenti dastlab “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi. 

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"
G‘alaba bog‘i: Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"

Bu yodgorlik qandaydir badiiy obraz emas, unga hayotda bo‘lgan voqea – mo‘’tabar ona va uning oilasi to‘g‘risidagi haqiqat asos qilib olingan. 

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qishlog‘ida yashagan Zulfiya aya Zokirova Ikkinchi jahon urushida bir emas, besh o‘g‘lidan – Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjon ismli aziz farzandlaridan judo bo‘lgan. Uning to‘rt kelini beva, besh nabirasi yetim bo‘lib qolgan. Kelinlari ham Zulfiya ayadan o‘rnak olib, o‘z oilasiga sodiq qolgan, boshqa turmush qurmagan.

O‘tgan yilgi Xotira va qadrlash kunida davlat rahbari Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab muhtasham haykal o‘rnatish hamda unga “Matonat madhiyasi” deb nom berish taklifini bildirgan edi.

Bu tashabbusni jamoatchilik qizg‘in qo‘llab-quvvatladi. Shu mavzuda maqolalar, she’rlar va badiiy film yaratildi. 

Bugun G‘alaba bog‘ining markazida ushbu muazzam obida qad rostlab turibdi.  

“Bu O‘zbekistondagi barcha onalarga qo‘yilgan haykal. Ushbu yodgorlik butun xalqimiz uchun qutlug‘ ziyoratgohga, oila, muhabbat, vafo va sadoqat timsoliga aylanib qoladi. Bu yerga kelgan yoshlar millatimizning qonida bo‘lgan fazilatlarni anglab, ularni qadrlab yashashga intiladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0