TOShKENT, 9-may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Aleksandr bog‘ida Noma’lum askar qabriga qizil atirgullardan iborat guldastani qo‘yish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
"Bizni umumiy xotira va umumiy umidlar, bugun va kelajak uchun umumiy harakatlar va mas’uliyat birlashtirib turadi", - deb ta’kidladi davlat rahbari.
Nutqni tamomlagach, Putin bir daqiqalik sukut e’lon qildi va shundan so‘ng qahramon-shaharlar monumentlariga qizil chinnigullarni qo‘ydi.
Prezident, shuningdek, Rossiyada bu yil G‘alabaning 75-yilligi qisqartirilgan formatda o‘tayotgani bilan, kelgusida keng nishonlanadi, deya va’da berdi.
Joriy yilda 9-mayda Qizil maydonda va Rossiyaning barcha shaharlarida o‘tkaziladigan an’anaviy parad koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi. Ammo aviatsiya paradlari o‘tkazilmoqda.