BMT Bosh kotibi 1945-yil saboqlarini unutmaslikka chaqirdi

© POOL / Mediabankka o‘tish74-ya sessiya Generalnoy Assamblei OON v Nyu-Yorke. Den chetvertiy
74-ya sessiya Generalnoy Assamblei OON v Nyu-Yorke. Den chetvertiy  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro birdamlik va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini anglash tushunchasi BMTning yaratilishiga olib keldi va uning bosh vazifasi kelajak avlodni urush falokatlaridan asrashdir.

TOShKENT, 9-may – Sputnik. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh 1945-yil saboqlarini unutmaslikka chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston
Putin razvedkadagi xizmati va Vatanga muhabbat haqida gapirdi

"Xotira va murosa kunida biz Ikkinchi jahon urushi davomida halok bo‘lgan millionlab insonlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz va ular chekka uqubatlar haqida unutmaymiz. Biz natsistlar tomonidan amalga oshirilgan xolokost va boshqa og‘ir va o‘ta mudhish jinoyatlar haqida unutmasligimiz kerak", - dedi Guterresh Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab yo‘llagan murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro birdamlik va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini anglash tushunchasi BMTning yaratilishiga olib keldi va uning bosh vazifasi kelajak avlodni urush falokatlaridan asrashdir.

"Bizning dunyoimiz mojarolar oqibatidan jabr chekishda davom etmoqda. Hatto hozirgi COVID-19 inqirozi paytida biz odamlar orasida nifoq urug‘ini yoymoqchi va nafratni tarqatishga bo‘layotgan urinishlarga guvoh bo‘lmoqdamiz", - dedi Guterresh.

"Ushbu 75-yillik sanani nishonlar ekanmiz, 1945-yil sabog‘ini yodga olaylik va pandemiyaga barham berish maqsadida hamda tinchlik, xavfsizlik va inson qadr-qimmati gullab-yashnaydigan kelajakni bunyod etishda urinishlarimizni birlashtiraylik", - dedi u.

Yangiliklar lentasi
0