Yangi G‘alaba bog‘i o‘zbek xalqining g‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettiradi – Tanzila Narbayeva

© Press-slujba Soveta Federatsii RFGlava Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva
Glava Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘alabaning 75-yilliga munosabati bilan Toshkentda yangi G‘alaba bog‘i ochiladi. Uning qurilishi karantinga qaramasdan davom etmoqda.

TOShKENT, 8-may - Sputnik. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan videoanjumanda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekistonda G‘alabaning 75-yilligi qanday kutib olinishini aytib berdi.

“Biz veteranlarga nafaqat 9-may arafasida, balkim butun yil davomida katta hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lmoqdamiz. Ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy tadbirlar o‘tkazilmoqda”, - dedi Senat raisi.   

Bu yil O‘zbekistonda bayram juda katta tantana bilan kutib olinadi. O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan Toshkent markazida G‘alaba Bog‘i qurib bitkazilmoqda. Uning qurilishi karantin bo‘lishiga qaramasdan yakunlanadi.

"Yangi bog‘ o‘zbek xalqining G‘alabaga qo‘shga hissasini aks ettiradi, bobolarimiz qahromonligini, onalarimiz fidokorligini  abadiylashtiradi", - dedi Narbayeva.

Shuningdek, 2020-yil davomida O‘zbekistonda yoshlar orasida tarbiyaviy mazmunli Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabagi bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Narbayeva aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston MDH hukumatlararo Assambleyasining barcha loyihalarida ishtirok etmoqda. O‘zbekistonning MDHda raislik konsepsiyasi doirasida ham G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, lekin pandemiya tufayli ba’zi tadbirlar keyinroq muddatlarga qoldirildi.

Quyida Narbayeva nutqini rus tilida tinglashingiz mumkin.

Tanzila Narbayeva rasskazala, kak Uzbekistan vstrechayet yubiley Pobedi

 

Yangiliklar lentasi
0