Bir oyda zavodni yig‘ish - sanoat fronti generalining qahramonligi

Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston tahririyati fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan "Front yo‘qlamasi" loyihasini davom ettirmoqda. Urush qahramonlari avlodlari ajdodlarining jasoratini esga olishadi.

Navbatdagi maqola qahramoni - geolog Xabib Muxammedovich Abdullayev. Uning front ortidagi mehnat faoliyati haqida uning nabirasi Habib Pulatovich Abdullayev, "Navoiy" Erkin iqtisodiy zonasi direktori, gapirib berdi.

Urushdan oldin Abdullayev O‘rta Osiyo Politexnika institutini boshqargan, 1941-yilda esa O‘zbekiston SSR Sanoat Xalq Komissarlari Kengashi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. U Ittifoqning g‘arbiy hududlaridan respublikaga evakuatsiya qilingan korxonalari ishini tashkil etishga rahbarlik qildi.

"Urushning dastlabki oylarida O‘zbekistonga yuzga yaqin korxona ko‘chirildi. Juda qiyin bo‘lgan - ishlab chiqarishlar deyarli noldan qayta yurgizilgan. Birgina misol: Moskva aviatsion zavodi Toshkentga ko‘chirilib atigi bir oy ichida o‘rnatildi. Hatto zamonaviy standartlar bo‘yicha ham bu juda hayratlantiradigan muddatlar", - deb eslaydi qahramon Habib Abdullayevning nabirasi.

Urushdan keyin bobosi fanga qaytib O‘zbekistonning oltin qazib olish va uran sanoatlari uchun ko‘p ish qildi. 1959-yilda ilmiy yutuqlari uchun Lenin mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Habib Muxamedovich Abdullayev g‘alabani front chizig‘ida qozonmagan bo‘lsa ham, uning yordami bilan front zarur qurollarni, o‘q-dorilarni va kiyim-kechaklarni oldi. Ulug‘ Vatan urushi yillarida Abdullayev uchta Qizil Yulduz ordeni va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.

"Front yo‘qlamasi" loyihasi

"Front yo‘qlamasi" loyihasi – Yaqin xorij Sputnik matbuot-xizmatlarining an’anaviy loyihasidir.

Uning maqsadi - oilaviy voqealarni buyuk harbiy tarixning bisotiga aylantirish, hamma uchun bir bo‘lgan G‘alabaning bebaho mashaqqati va dunyoni fashizmdan ozod qidib bizga yashash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etgan xalqlarning jasoratini eslatish.

Bu yil ushbu tadbir uchinchi marotaba o‘tkaziladi, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli o‘zgartirishlar kiritildi.

Turli matbuot markazlarini bog‘laydigan video ko‘priklar bo‘lmaydi. Ushbu mamlakatlarning taniqli fuqarolari va davlat arboblari ishtirokida Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari haqida oilaviy voqealarni hikoya qiluvchi videolar namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0