Bir guruh tajribali shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaGruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey
Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yuqori malakali shifokorlar Tojikistonda COVID-19ga chalingan bemorlarni davolashda, kasallikning oldini olish va davolashda yordam berishadi.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Bir guruh yuqori malakali va tajribali shifokorlar Tojikistonga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun yordamga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi.

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaGruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey
Bir guruh tajribali shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey

Shifokorlar guruhiga reanimatolog-anesteziologlar, pulmonologlar, epidemiolog, infeksionist va virusologlar kirgan. Ularni Toshkent aeroportida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov kuzatib qo‘ydi.

Undan tashqari, prezident Shavkat Mirziyoyevning buyrug‘iga asosan Dushanbe shahriga 144ta mobil tibbiy konteynerlar, kasallarni joylashtiril va davolash uchun gumanitar yordam sifatida yuborildi. Ushbu konteynerlardan kasallar uchun joy yetishmayotgan shifoxonalarda qo‘shimcha o‘rinlar yaratish maqsadida foydalaniladi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 461 kishida koronavirus aniqlangan. 12 kishi vafot etgan. 4,2 ming kishi tibbiy kuzatuv ostida.

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaGruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey
Bir guruh tajribali shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobi pomoch v borbe s koronavirusnoy infeksiyey
Yangiliklar lentasi
0