Sirdaryoda Matiz kanalga ag‘darilib ketishi oqibatida uch kishi qurbon bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Sayxunobod tumanida yo‘lovchilari bilan harakatlanib ketayotgan Matiz yo‘l bo‘yidagi P-12 kanaliga ag‘darilib ketgan. YTH uch kishining o‘limga sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Sirdaryoda Matiz kanalga ag‘darilib ketishi oqibatida uch kishi qurbon bo‘ldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 5-may kuni soat 23:30 da 31 yoshli R.M. Matiz haydovchisi Sayxunobod tumani “Do‘stlik” MFY hududida yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina boshqaruvini yo‘qotib qo‘ygan. Natijada yo‘l bo‘yidagi P-12 kanaliga ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida haydovchi, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar 30 yoshli A.D. va 22 yoshli R.M. (ayol) hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0