Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omoborida 1-may kuni favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan, to‘g‘on yorilishi oqibatida bir necha aholi punktlari suv ostida qolgan edi.
Ushbu hodisa oqibatida nafaqat O‘zbekiston aholisi balkim qo‘shni Qozog‘istonda ham bir necha qishloqlar, ekin maydonlari suv ostida qoldi. O‘zbekistonda 70 ming Qozog‘istonda 30 ming aholi turar joylaridan boshqa joyga ko‘chishga majbur bo‘lishdi.
O‘zbekiston hukumati tomonidan tuzilgan maxsus komissiya ayni damda ushbu hodisa sabablarini o‘rganish va suv ombori inshootlarining xavfsizligini tekshirish bilan shug‘ullanmoqda.
Sardoba suv ombori qachon va nima maqsadda qurilgani, favqulodda vaziyat oqibatlari haqida infografikamizda batafsil tanishing.