TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Nemis futbol ligasi (DFL) Germaniya chempionatini 16 may kuni qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda liganing ijro etuvchi direktori Kristian Zayfert maʼlum qildi, deya yozadi rsport.ria.ru nashri.
“Shu munosabat bilan Bundesliganing birinchi va ikkinchi oʻyinlarini shanba, 16 may kuni qayta tiklashni rejalashtirishmoqda”, - degan u payshanba kuni matbuot anjumanida.
Uning soʻzlariga koʻra, bunda nemis futbol ligasi Germaniya hukumati qarorini inobatga oladi.
Germaniyada futbol musobaqalari koronavirus pandemiyasi tufayli toʻxtatib qoʻyilgan edi. Kuni kecha Germaniya kantsleri Angela Merkel Bundesliga muvofiqlashtirilgan va sinalgan qoidalarni ijro etish sharti bilan oʻyinlarni may oyining oʻrtalaridan qayta tiklashi mumkinligini maʼlum qilgan edi. Oʻyinlar tomoshabinlarsiz oʻtkaziladi.