Aleksandr Yemelyanenko Tayson bilan qanday jang qilishi mumkinligini aytdi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichSmeshannie yedinoborstva. Boy mejdu A. Yemelyanenko i T. Djonsonom
Smeshannie yedinoborstva. Boy mejdu A. Yemelyanenko i T. Djonsonom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik yakkakurashchi so‘zlariga ko‘ra 53 yoshli Mayk Tayson hozir ham tez va kuchli, lekin og‘ir vaznli bokschining ringda harakatlanishi avvalgidek chaqqon emas.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. Rossiyalik yakkakurashchi Aleksandr Yemelyanenko Mayk Tayson bilan qanday jang qilishi mumkinligini aytib berdi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra 53 yoshli Mayk Tayson hozir ham tez va kuchli, lekin og‘ir vaznli bokschi ringda harakatlanishi avvalgidek chaqqon emas. Shu sabab Tayson bilan jangda ringda tez harakatlanish – muhim yutuqli strategiya bo‘lishi mumkin, deb yozadi Sport-Espress.  

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirida Mayk Tayson bir necha ko‘rgazmali janglar o‘tkazishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan edi. Ushbu janglarda tushgan daromad xayriya yo‘lida ishlatiladi.

Shundan so‘ng Aleksandr Yemelyanenko o‘z instagramida amerikalik bokschi bilan boks jangi o‘tkazishni orzu qilayotganini xabar qilgan edi.   

“Internet tarmoqlarida men Taysonning mashqlari va hozirgi ustaligini ko‘rdim. Mayk tayson kabi afsonaviy bokschi bilan ringga tushish men uchun sharaf bo‘lardi”,- dedi Yemelyanenko.

Rossiyalik bokschi so‘zlariga ko‘ra Tayson hali ham tez va kuchli. “Asosiysi – uning oldida to‘xtab qolmaslik. Agar u menga yetib olsa, uxlashga yuboradi. Men buni yaxshi tushunaman”, - dedi yakkakurashchi.

Tayson – insoniyat tarixidagi eng afsonaviy bokschilardan biridir. U chempionlik kamarini 6 marotaba ketma-ket himoya qilgan. U shuningdek eng tez nokautlar bo‘yicha ham chempion. To‘qqiz marotaba 1 daqiqadan kam vaqt ichida nokautga erishgan. O‘zining so‘nggi jangini Tayson 2005-yilda o‘tkazgan edi.

Aleksandr Yemelyanenko Taysondan 15 yosh kichik (38 yoshda). MMa karyerasida 36 jangdan 28tasini g‘alaba bilan yakunlagan, ulardan 20 nokaut bilan.

Yangiliklar lentasi
0