Qozog‘iston Senatiga yangi spiker saylandi

© Sputnik / Abzal KaliyevMaulen Ashimbayev izbran spikerom Senata Kazaxstana.
Maulen Ashimbayev izbran spikerom Senata Kazaxstana.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avval ushbu lavozimda Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Dariga Nazarboyeva faoliyat yuritib kelayotgan edi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Qog‘oziston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Maulen Ashimbayevni parlament yuqori palatasining raisi etib tayinladi. Bu haqda Sputnik Qog‘oziston nashri xabar qilmoqda.

Maulen Ashimbayev 4-may kuni Qozog‘iston Senati a’zosi etib saylangan edi.

Dariga Nazarbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Tokayev Nazarboyevning qizini egallab turgan lavozimidan bo‘shatdi

Ashimbayev 2018-yil fevralidan 2019-yil iyuniga qadar Nur Otan partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

2019 yil 30-iyulidan prezident yordamchisi lavozimida ishlagan.

2019 yil 18-dekabridan bugunga qadar prezident administratsiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokayev mamlakat parlamenti senati (yuqori palatasi) deputati Dariga Nazarboyevaning vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risida farmonni imzolagani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0