Ekspert: energiya ishlab chiqarishni oshirishda asosiysi - xaridor topish

© Foto : Iz lichnogo arxiva Sergeya PravosudovaSergey Pravosudov
Sergey Pravosudov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2030 yilga kelib O‘zbekiston o‘z energetik quvvatini 2,5 baravarga va elektr energiyasini ishlab chiqarishni ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Rossiyalik ekspert bu boradagi fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi 2030-yilgacha respublikani elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasi loyihasini qabul qildi. Xususan, hujjat mavjud quvvatlarni takomillashtirishni, yangi obyektlarni qurish, shuningdek, elektr energiyasini tashish, hisobga olish va to‘lov tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.

2030 yilga kelib quvvatni 12,9 GVt dan 29,3 GVt gacha, elektr energiyasini ishlab chiqarishni esa 63,6 mlrd kVt/soatdan 120,8 kVt/soatgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston tabiiy gaz iste’molini sezilarli darajada kamaytirishni ham rejalashtirmoqda.

Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elektr energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda

Milliy energetika instituti direktori Sergey Pravosudovning fikriga ko‘ra, elektr energiyasini sezilarli darajada oshirishni texnologik va moliyaviy jihatdan ta’minlash muammo emas - asosiysi bu iqtisodiy jihatdan oqlangan bo‘lishi.

“Yanada ko‘proq ishlab chiqarish mumkin, bu yerda gap barqaror va to‘lovga qodir iste’molchi bor-yo‘qligida. Ushbu loyihalarga mablag‘ kiritadigan investorlar bundan daromad topishini tushunishlari kerak. Demak, elektr energiyasi kelajakda o‘zini qoplay olishiligi uchun yetarlicha qimmat bo‘lishi kerak", - deydi Sergey Pravosudov.

U qayta tiklanadigan energiya manbalari, masalan, quyosh energiyasi, o‘ziga xos harajatlari borligini ta’kidladi. Panellar ishlab chiqarish va ishlatishda ancha qimmat va ob-havo xususiyatlari ularni kun bo‘yi va yil davomida teng samaradorlik bilan ishlatishga imkon bermaydi.

O‘zbekiston boy uglevodorod xom ashyosiga kelsak, pandemiya va iqtisodiy inqiroz sharoitida yoqilg‘i narxlari sezilarli darajada pasayishi mumkin - bu holatni ham hisobga olish kerak.

Yangiliklar lentasi
0