TOShKENT, 4-may - Sputnik. YeOII davlatlari COVID-19 va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishining oldini olish bo‘yicha kompleks reja loyihasini tayyorladilar, deb xabar berdi Rospotrebnadzor.
Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha tashabbuskori Rospotrebnadzor bo‘lgan. Loyiha YeOIIga a’zo davlatlar aholisining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari kengashi doirasida tayyorlangan.
“Hujjat YeOII hududida laboratoriya tadqiqotlarining yagona uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarning tezkor monitoringi umumiy tizimini yaratish, xodimlarni tayyorlash, mintaqalardagi eng dolzarb yuqumli kasalliklar uchun vaksinalar va tashxis tizimlarni ishlab chiqish bo‘yicha davlatlararo mashqlar va tadqiqotlarni qabul qilishni nazarda tutadi. Hujjat Yevrosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilinishi kutilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, Kompleks reja tadbirlarini amalga oshirish YeOII mamlakatlarida COVID-19 bo‘yicha epidemiologik vaziyatni normallashtirish imkonini beradi, shuningdek, yuqumli tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish sohasida davlatlar salohiyatini kuchaytiradi.