Amersfortda qatl etilgan o‘zbekistonliklar haqida film suratga olindi

© Sputnik / Aleksandr Ustinov / Mediabankka o‘tishVelikaya Otechestvennaya voyna 1941-1945 gg.
Velikaya Otechestvennaya voyna 1941-1945 gg. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sovet askarlari ushbu konslagerga Smolensk yaqinida qo‘lga olingandan keyin tushishgan. Uchinchi Reyxning bosh targ‘ibotchisi Gebbelsning shaxsiy buyrug‘iga binoan ular natsistlar "yovvoyi xalqlarga" qarshi qanday kurashayotgani haqida film suratga olish uchun tayyorlangan.

TOShKENT, 4-may - Sputnik. O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi Gollandiyaning Amersfort konslagerida qatl etilgan o‘zbekistonliklarga bag‘ishlangan "101" filmining namoyish etilishini e’lon qildi.

Tez orada mamlakatning barcha ekranlarida urush, yaxshilik bilan yomonlikning abadiy qarama-qarshiligi, bir kechada avliyoga aylangan oddiy o‘zbek askarlarining fojialari va jasoratlari haqida ta’sirli hikoya namoyish etiladi, - deyiladi elchixonaning telegram-kanalida. – Ushbu may kunlari tomoshabinlarga Gitlerning ayyor rejalarini buzgan qahramonlarning voqeliklariga kirishishiga noyob kinotasvirlash, aktorlar mohir o‘yini va rejissor Hamidulla Hasanovning rejjisorlik g‘oyasi yordam beradi".

Film Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskayalarning romani asosida suratga olingan. Shuningdek, u rejissorning o‘z tadqiqotlari va fikrlari, niderlandiyalik jurnalist va tadqiqotchi Remko Reyding va Benilyuks mamlakatlaridagi O‘zbekiston elchixonasi yordamida olingan ma’lumotlarga asoslangan.

101 askar xotirasini abadiylashtirish loyihasini amalga oshirishning boshlang‘ich nuqtasi prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu yo‘nalishdagi bir qator tadbirlarni belgilab bergan farmoni bo‘ldi.

Uzbekkino snimayet v Belarusi film k 75-letiyu Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushida 5 o‘g‘lini yo‘qotgan o‘zbek ayoli haqida film suratga olinmoqda

Eslatib o‘tamiz, Amersfortda o‘zbek askarlari otib tashlanganiga 75-yil bo‘ldi.

Ular ushbu konslagerga Smolensk yaqinida qo‘lga olingandan keyin olib kelingan. Askarlar Uchinchi Reyxning bosh targ‘ibotchisi Yozef Gebbelsning shaxsiy buyrug‘iga binoan natsistlar "yovvoyi xalqlar" bilan qanday kurashayotgani haqida film suratga olishi uchun tayyorlanayotgan edi. Bundan tashqari, Adolf Gitlerning Sovet Ittifoqini tez fursatda zabt etish rejasi amalga oshmay qolganidan so‘ng, film dushmanning nochorligini ko‘rsatishi orqali nemis askarlarining tushkun ruhini ko‘tarishga mo‘ljallangan bo‘lgan.

Fashistlar 101 askarni tanlab, ularga ovqat bermay qo‘yishdi. Nemis tasvirchilar guruhi taklif qilinganida, ochlikdan toliqqan harbiy asirlar oldidagi nonga tashlanib bir-birlari bilan urishadi degan umidda oldiga non tashlashdi. Biroq, butunlay aksi sodir bo‘ldi.

O‘zbeklar nonni sharqona tarzda bo‘lib, zanjir bo‘ylab mayda bo‘laklarni bir-birlariga uzatishni boshladilar. Nemislar bundan g‘azabga keldi. Asirlar shafqatsiz kaltaklanib, keyinchalik otib tashlangan.

Yangiliklar lentasi
0