TOShKENT, 3-may — Sputnik. Tojikistonda koronavirusdan ilk o‘lim holatlari qayd etildi.
Bu haqda Toҷikiston telekanali mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar qildi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2-may kuni holatiga koronavirus infeksiyasidan ikki kishi vafot etdi.
Shuningdek, 76 kishi bu virusni yuqtirib olgan. Ayni vaqtda 2,8 kishi shifokorlar kuzatuviga olingan. 217 kishiga shifoxonadan javob berildi.
Eslatib o‘tamiz, 30-aprelda Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi. O‘n kishi Xo‘jandda, yana besh kishi Dushanbeda kasallangan.