Qozog‘istonning 10 ovulini suv bosdi, 22 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi – Toqayev

© Sputnik / Mediabankka o‘tishK-J. Tokayeva
K-J. Tokayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, Turkiston viloyati aholisiga yordam ko‘rsatilmoqda, O‘zbekiston hukumati bilan muzokaralar olib borilmoqda.

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Qozog‘iston janubida 10ta qishloq suv ostida qoldi, 22 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi, deb ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

Podtopleni dva sela v Turkestanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yana bir qishloqni suv bosdi – video

“O‘zbekiston Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi oqibatida Turkiston viloyatining 10  ovulini suv bosdi. 22 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilindi, ularga yordam ko‘rsatilmoqda. O‘zbekiston hukumati bilan muzokaralar olib borilmoqda”, - deb yozdi Toqayev Twitter sahifasida.

Bundan avval Turkiston viloyatida 3,6 ming gektar ekinzor suv ostida qolgani haqida xabar berilgandi, zararning dastlabki summasi – 955 ming dollar.

Yetti aholi punktidan 3 115 ming mol, 1101 ot, 585 qo‘y va 34 tuya xavfsiz hududga olib ketildi.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55da “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan va Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan.

Oqibatda "Qo‘rg‘ontepa", "Do‘stlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11,6 ming nafar aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgani haqida xabar qilingan edi.

“Sardoba” suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Davlat xavfsizligi xizmati tergov harakatlari amalga oshiradi. 

Yangiliklar lentasi
0