TOShKENT, 3-may — Sputnik. Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan namanganlik bemor vafot etdi.
U 20-aprelda kasalxonaga yotqizilgan. 29-yildan buyon yotoqdagi bemor bo‘lishi bilan birga birinchi guruh nogironligi ham belgilangan.
Bemor tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Bu O‘zbekistonda o‘ninchi o‘lim holatidir.