Mirziyoyev Sardoba suv omborini mustahkamlash jarayoni bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSituatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe
Situatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar ko‘rgan tumanlarida ofat oqibatlarni bartaraf etish jarayoni davom etmoqda.

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yana Sardoba suv ombori oldiga keldi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Prezident amaldorlarga toshqin oqibatlarini tezda bartaraf etish bo‘yicha yangi vazifalar qo‘ydi.

FVV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar ko‘rgan tumanlarida ofat oqibatlarini bartaraf etish jarayoni davom etmoqda.

Situatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
DXX “Sardoba” suv ombori hodisasi yuzasidan tergov harakatlarini olib boradi

1 may kuni yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini tezda bartaraf etish uchun qo‘shimcha kuchlar Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlariga olib kelinmoqda.

Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligining yana 400 nafar xodimi va 200 ga yaqin maxsus texnika, shu jumladan, o‘t o‘chirish mashinalari va suv haydash uchun moto-pompalar olib kelindi. Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va FVDXning boshqa idoralari tomonidan qo‘shimcha kuchlar jalb etilmoqda.

Ayni paytda, maxsus texnika yordamida uy va boshqa infratuzilmalardan suv tortib olinmoqda, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Suv toshqini oqibatlari bartaraf etilgan uylarga odamlarni qisman qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0