NASA Antarktidaning erishi darajasini namoyish etdi - video

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishMis Maskar na ostrove Adeleyd v Antarktide
Mis Maskar na ostrove Adeleyd v Antarktide - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NASA Antarktida muzliklarining erishi aks ettiruvchi video rolikni tayyorladi. Sun’iy yo‘ldosh yordamida 16-yil davomida tasvirga olingan ma’lumotlar o‘rganildi.

TOShKENT, 3-may — Sputnik. NASA Antarktidadagi muzliklarning erishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqlim halokati ko‘lamini aks ettiruvchi video lavhani tayyorladi.

Videoda so‘nggi 16-yil ichida ICESat-2 sun’iy yo‘ldoshi yordamida olingan ma’lumotlardan foydalanildi.

2003 yildan 2019-yilgacha sun’iy yo‘ldosh Antarktidaning g‘arbiy qismida muzning erishini qayd etdi. Bu jarayon dengiz sathidan 14 millimetrga ko‘tarilishiga olib keldi, bu okeanlardagi suv sathining deyarli uchdan bir qismini tashkil etadi. Qit’aning sharqiy qismida esa muzliklar ko‘paygan.

Global isish tufayli Antarktida har yili taxminan 120 gigaton va Grenlandiyada 200 gigaton muz eriyapti.

Yangiliklar lentasi
0