Ozarbayjon TIV Qozog‘istonga nota yubordi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlag Azerbaydjana
Flag Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nota Qozog‘iston chegara xizmatiga qarashli qirg‘oq mudofaasi xodimlari Ozarbayjon fuqarolarini qo‘lga olishda quroldan foydalanganliklari tufayli yo‘llangan

TOShKENT, 2-may - Sputnik. Ozarbayjon TIV Qozog‘istonning Bakudagi favqulodda va muxtor elchisi Serjan Abdikarimovga notani topshirdi, deb xabar qiladi Sputnik Ozarbayjon.

Dariga Nazarbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Tokayev Nazarboyevning qizini egallab turgan lavozimidan bo‘shatdi

Ozarbayjon TIV shanba kuni tarqatgan xabarga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri o‘irnbosari Xalaf Xalafov elchi bilan uchrashgan va muloqot davomida Ozarbayjon fuqarolarini qo‘lga olishda Qozog‘iston chegara xizmatiga qarashli qirg‘oq mudofaasi xodimlari tomonidan ularga nisbatan quroldan foydalanganilgani munosabati bilan Ozarbayjon tomon jiddiy havotir bildirayotganini ma’lum qilgan.

Ushbu hodisa davomida bir kishi halok bo‘lgan, ikki nafari jarohatlangan.

Xabarda aytilishicha, 2020-yilning 30-aprelida Qozog‘iston chegara xizmatiga qarashli qirg‘oq mudofaasi Ozarbayjon fuqarolari bo‘lgan Ibragimov, Nuriyev, Axmedov va Novro‘zovlarni qo‘lga olish vaqtida quroldan foydalangan.

Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, ikki nafari jarohatlangan.

Ayni vaqtda halok bo‘lgan fuqaro jasadi Qozog‘iston tomonida qolmoqda.

Xalafov Qozog‘iston elchisiga Ozarbayjon TIV tomonidan yo‘llangan tegishli notani topshirgan.

Yangiliklar lentasi
0