Mirziyoyev to‘g‘onda olib borilayotgan tiklash ishlarini shaxsan kuzatmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Sardoba suv omboriga borib, to‘g‘onni tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilgan holda, dambani mustahkamlash bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi.

TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida yuz bergan favqulodda vaziyat sababli ushbu hududda bo‘lib turibdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie
Mirziyoyev to‘g‘onda olib borilayotgan tiklash ishlarini shaxsan kuzatmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie

Davlat rahbari topshirig‘i bilan Hukumat komissiyasi tuzilib, bu boradagi ishlarga barcha kuch va vositalar safarbar etildi. Suv bosgan mahallalar aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi, boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minlandi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie
Mirziyoyev to‘g‘onda olib borilayotgan tiklash ishlarini shaxsan kuzatmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie

Yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish ishlari bugun ham davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, huquq-tartibot idoralari, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklar o‘zaro muvofiq harakat qilib, turmush sharoitlarini tiklash choralarini ko‘rmoqda.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie
Mirziyoyev to‘g‘onda olib borilayotgan tiklash ishlarini shaxsan kuzatmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie

Ta’kidlash joizki, bu yerda tiklash ishlari kunu tun tashkil qilingan, yuzlab qurilish va boshqa maxsus texnikalar tinimsiz ishlamoqda. Suv inshootlariga ixtisoslashgan yuqori malakali muhandislar, boshqa tutash soha va tarmoqlar ishchi va ekspertlari jalb etilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie
Mirziyoyev to‘g‘onda olib borilayotgan tiklash ishlarini shaxsan kuzatmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Sardoba suv omboriga borib, to‘g‘onni tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilgan holda, dambani mustahkamlash bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0