Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie
Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat komissiyasiga berilgan ko‘rsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va ta’mirlash, turmush maromini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uzluksiz ish davom etmoqda.

TOShKENT, 2-may - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev jabrlanganlardan ko‘ngil so‘radi va Toshkentga qaytib keldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev s rabochey poyezdkoy v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshlo navodnenie - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sirdaryoda yig‘ilish o‘tkazdi

"Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan muloqot qilib, ulardan ko‘ngil so‘radi. Hech kim e’tibordan chetda qolmasligi, hammaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini ta’kidladi", - deyiladi xabarda.

Hukumat komissiyasiga berilgan ko‘rsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va ta’mirlash, turmush maromini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uzluksiz ish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha erta tongda, Sardoba suv omboridagi to‘g‘ondan suv siza boshlagani, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

So‘ngra Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgani ma’lum bo‘ldi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sardoba to‘g‘onida yuz bergan hodisadan so‘ng Tokayevga qo‘ng‘iroq qildi

Suv omboridagi avariyadan so‘ng voqea joyiga zudlik bilan prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov etib borgan edi.

Davlat rahbari 1-may kuni Oqoltin tumanida aholi bilan bo‘lgan muloqotda "sharoit yaxshilanmagunicha, rahbarlarning birortasi, men bosh, hech qayerga ketmaydi", deb aytgan.

Ta’kidlashlaricha, avariyaga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan.

Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda koll-sentr faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘ng‘iroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0