Ipoteka kreditlari muddati 5-yilga uzaytirildi - prezident qarori

© Sputnik / Vitaliy AnkovStroitelstvo zdaniya
Stroitelstvo zdaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qishloq joylarida – 2 xonali kvartiralar uchun beriladigan ipoteka kreditlari miqdori 174 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha oshirildi

TOShKENT, 2-may - Sputnik. "Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" prezident qarori qabul qilindi.

Ipoteka krediti – asosiy talablar - Sputnik O‘zbekiston
Ipoteka krediti – asosiy talablar

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratishga ruxsat berildi.

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari:

- qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 million so‘mdan 240 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;

Jiloy dom v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
OTB O‘zbekistonga ipoteka kreditini rivojlantirishga 500 mln $ berishga tayyor

- shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 million so‘mdan 240 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;

Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 million so‘mdan 264 million so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 million so‘mdan 352 million so‘mgacha oshiriladi.

Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15-yildan 20-yilgacha uzaytiriladi.

Yangiliklar lentasi
0