Sirdaryo viloyatidagi Sardoba to‘g‘onidan suv siza boshlagani va yuzaga kelgan suv toshqini natijasida hududdagi bir nechta aholi punktlari katta jabr ko‘rdi. Favqulodda holat yuz bergan hududdan 70 mingga yaqin odamlar evakuatsiya qilingan. Tabiiy ofat tufayli 56 kishi jabr ko‘rgan.
Toshkent aholisi bugun ertalab qo‘llab-quvvatlash aksiyasini tashkil etdilar: odamlar oziq-ovqat, kiyim-kechak, issiq kiyimlar, birinchi ehtiyoj tovarlari va shu jumladan, yosh bolalar uchun zarur buyumlarni olib keldilar.
Shahar ma’muriyati tashkiliy tomondan yordam bergan.
Jumladan, tabiiy ofatdan jabr chekkan hududlarga yukni olib borish uchun transport ajratgan.
Evakuatsiya qilingan hudularga o‘nga yaqin mashinalar yo‘l oldi.