Sirdaryoda suv toshqini xavfi tufayli 11 ming kishi evakuatsiya qilindi

© MChSUgroza navodneniya v Sirdarinskoy oblasti
Ugroza navodneniya v Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdayodagi "Sardoba" suv omborida suv toshish xavfi mavjud bo‘lgani tufayli 3 qishloq aholisi evakuatsiya qilindi.

TOShKENT, 1-may - Sputnik. Bugun, erta tongda, Sardoba suv omboridagi to‘g‘ondan suv siza boshladi, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.

"1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan", - deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bayonotida.

Ushbu hodisa oqibatida asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Shunday bo‘lsada, FVV boshqarmasi tomonidan Sardoba tumani “Qo‘rg‘ontepa” MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, "Qo‘rg‘ontepa", "Do‘stlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11598 nafar aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Bundan tashqari, suv bosish xavfi bo‘lgan “Quytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 nafar shaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan nafar 120 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MVBRQMdan nafar 60 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MGdan nafar 276 shaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etildi. 

Jabrlangan va halok bo‘lganlar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan. Vaziyat nazorat ostiga olingan. 

 

Yangiliklar lentasi
0