Shifokor-reanimatolog COVID-19ning kutilmagan xususiyatlari haqida

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishNII skoroy pomoshi im. N.V. Sklifosovskogo v Moskve.
NII skoroy pomoshi im. N.V. Sklifosovskogo v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sklifasovskiy nomli moskva tez yordam markazi shifokori so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan odamning ahvoli keskin og‘irlashib bir kun ichida vafot etishi mumkin ekan.

TOShKENT, 1-may - Sputnik. Moskvadagi Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy markazi bosh shifokori Sergey Petrikov koronavirus haqida o‘z kuzatuvlarini xabar qildi.

Petrikov aytishiga qaraganda so‘nggi kunlarda Moskvada ahvoli keskin og‘irlashgan bemorlar soni oshmoqda. Shu sababli Sklifasovskiy shifoxonasida so‘ng reanimatsion o‘rinlar soni 67taga yetkazishga qaror qilingan. Koronavirus og‘ir kechayotgan bemorlarga nafaqat kislorod yordami balkim o‘pkani invazion shamollatish ham kerak bo‘lmoqda, deydi shifokor.

Premyer-ministr RF M. Mishustin provel zasedanie Koordinatsionnogo soveta po borbe s koronavirusnoy infeksiyey - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bosh vazirida COVID-19 aniqlandi

Doktor kuzatuvlariga ko‘ra ahvoli og‘irlashgan bemorlar orasida turli yoshdagi kishilar bor. Ularning bir xususiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi - ularning deyarli barchasida ortiqcha vazn mavjud. Shuningdek, oldin aytilganidek surunkali pnevmoniya, diabet va boshqa kasalliklar ham COVID-19 kechishini og‘irlashtiriuvchi omillardir.

Petrikov koronavirusning yana bir noxush xususiyati haqida aytib berdi. Shifokor so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan odam bir necha kun davomida o‘zini yaxshi his qilishi, lekin bir kunda uning ahvoli keskin og‘irlashib, vaqtida yordam ko‘rsatilmasa vafot etishi ham mumkin ekan. Bunga qon tarkibining o‘zgarishi va o‘pkadagi qon tomirlarida tromblar paydo bo‘lishi sabab bo‘lishi mumkin ekan. 

Shu sababli reanimatolog fuqarolarni yanada ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.  Shifokorlar ish joylarida bo‘lib, o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib xalqqa xizmat qilayotganini qadriga yetishga va kasallikni tezroq yengish uchun karantin oxirigacha uydan chiqmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 114 ming kishida aniqlangan. vafot etganlar soni 1100 dan oshgan, tuzalib ketganlar esa 13220 kishini tashkil qilgan.  

 

Yangiliklar lentasi
0