Karantindan ozod bo‘lgan Toshkent - video

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 30-apreldan boshlab ayrim hududlarda bosqichma-bosqich cheklovlarni olib tashalashga qaror qildi.

Toshkent shahrida kerak bo‘lganda shaxsiy transportda ertalab soat 7:00 - 10:00 va kechqurun soat 17:00 - 20:00 oralig‘ida harakatlanishga ruxsat berildi. Avtomobildan ishga, oziq-ovqat do‘koniga yoki aptekaga borish uchun foydalanish mumkin. 

Undan tashqari o‘zaro masofa saqlagan holda hamda himoya niqoblari taqib sayr qilishga ham ruxsat berilgan. 

30 aprel kuni ertalab mashinalar uncha ko‘p bo‘lmasa-da, kun kechga kelib ularning soni ancha ko‘paydi. Ayrim chorrahalarda hatto oldingidek "probka"lar paydo bo‘la boshladi. Odamlar ham ko‘chaga chiqa borshlashdi. Karantindan "ozod" bo‘layotgan Toshkent haqida videolavhamizni tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0