O‘zbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yo‘l tutmoqda

© Press-slujba AO "Uzavtosanoat""Uzavtoprom" v period karantina
Uzavtoprom v period karantina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, "UzAuto Motors" AJ yengil avtomobillar ishlab chiqarishi o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 27,1 foizga o‘sib, 73,5 ming donani tashkil etdi.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash sharoitida O‘zbekiston korxonalari oldida yangi vazifalar turdi: ishchilar va mijozlarning epidemiologik xavfsizligini ta’minlash, xodimlarni minimal miqdorda jalb qilingani holatida kompaniyaning samaradorligini oshirish va umumiy karantin davrida mijozlarning ehtiyojlariga moslashuvchan yondoshish. Sputnik O‘zbekiston materialida "O‘zavtosanoat" AJ avtomobilsozlik kompaniyasi ushbu vazifalarni qanday bajara olishi haqida.

Chevrolet Malibu - Sputnik O‘zbekiston
UzAuto karantinda Tracker va Malibu xarid qilishni taklif qilmoqda

Bugungi kunda bu O‘zbekistondagi eng yirik korhonalardan biridir. Uning tarkibiga 80 dan ortiq yirik va kichik korxonalar kiradi, ularda 27 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

16 aprel kuni bo‘lib o‘tgan kimyo, qishloq xo‘jaligi va avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektr yig‘ilishida davlat rahbari avtomobilsozlik pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biriga aylanganini ta’kidladi. Bunday sharoitda korxonalarning barqaror ishlashi uchun birinchi navbatda ichki bozorning imkoniyatlaridan foydalanish kerak.

Avtomobil sanoatiga COVID-19 pandemiyasining ta’siri misli ko‘rilmagan. Virusning tarqalishi va ko‘rilgan karantin choralari tufayli ko‘plab kompaniyalar turli xil qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Va bu esa global savdoga bevosita ta’sir qilmoqda, u sezilarli darajada pasayib ketdi, ishlab chiqarishni to‘xtatib turishga to‘g‘ri kelmoqda.

Ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ish joylarini saqlab qolish

O‘zbekiston hukumati ko‘magi va avtomobilsozlik korxonalarining sa’y-harakatlari bilan «O‘zavtosanoat” AJ ishlab chiqarish hajmini bir xil darajada ushlab turishga, shuningdek ish joylarini qisqartirishga yo‘l qo‘ymaslikka muvaffaq bo‘ldi.

Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, "UzAuto Motors" AJda yengil avtomobillar ishlab chiqarish o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 27,1 foizga o‘sib, 73,5 ming donani tashkil etdi.

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
O‘zbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yo‘l tutmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors

22 aprel holatiga, 15600 dan ortiq transport vositalari ishlab chiqarildi. Dunyo avtomobilsozlik sanoatida 30-40 foizga pasayish prognoz qilinishini hisobga olsak, bugungi kunda ishlab chiqarishni avvalgi darajada ushlab turish juda muhimdir.

Aholining majburiy o‘z-o‘zini yakkalashini hisobga olgan holda, kompaniya avtomashinalarni onlayn xarid qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni, kreditlarni muloqotsiz olish usullari, bo‘lib to‘lash va boshqa operatsiyalarni taklif qildi. Bundan tashqari, "UzAuto Motors" ning barcha dilerlik punktlari barcha sanitariya choralariga qat’iy rioya qilgan holda an’anaviy tarzda ishlamoqda. Joriy yil oxirigacha esa ichki bozor va chet el bozorlarida talabni oshirish va rag‘batlantirishga qaratilgan qo‘shimcha vositalardan foydalanish rejalashtirilgan.

ShHV: "O‘zavtosanoat" tomonidan ishlab chiqarilgan

Respublikaning valyuta resurslarini tejash maqsadida, shuningdek, aholi orasida shaxsiy himoya vositalarining (ShHV) tanqisligi sababli "O‘zavtosanoat" tarkibiga kiruvchi "Uz Dong Yang Ko" MChJ QK mutaxassislari tomonidan tez fursatda yuz qalqonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yildi.

© Press-slujba AO "Uzavtosanoat"Kak uzbekskiy avtoprom virulivayet iz epidemii koronavirusa
O‘zbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yo‘l tutmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Kak uzbekskiy avtoprom virulivayet iz epidemii koronavirusa

Ular birinchi navbatda bugungi kunda birinchi chiziqda turgan odamlarga mo‘ljallangan: sog‘liqni saqlash organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, supermarketlar sotuvchilari, ko‘ngillilar, xavfsizlik xizmatlari (KPP), kuryerlik xizmatlari va boshqalarga.

Yuz qalqonlarini ishlab chiqarish uchun mahalliy xom ashyolarning mavjud komponentlari - shaffof PVX plastmassa, polipropilen lenta va furnituradan foydalaniladi. Bugungi kunda ularni ishlab chiqarish quvvati 2000 donadan oshadi. Bundan tashqari, mutaxassislar mahsulot ishlab chiqarish hajmini kuniga 10 ming donagacha oshirish choralarini ko‘rmoqdalar, shuningdek, mahsulotlarni MDH mamlakatlariga eksport qilish uchun sotish bozorlarini o‘rganmoqdalar.

© AO "Uzavtoprom"Kak uzbekskiy avtoprom virulivayet iz epidemii koronavirusa
O‘zbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yo‘l tutmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Kak uzbekskiy avtoprom virulivayet iz epidemii koronavirusa

Avvalroq "Uz Dong Yang Ko" korhonasida tibbiy niqoblar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandi. Hammasi bo‘lib, ishlab chiqarish boshlanganidan 10-aprelgacha 1162000 dona tibbiy niqoblar ishlab chiqarildi, shundan 250 mingtasi eksport qilindi.

Bundan tashqari, "O‘zavtosanoat" tarkibiga kiruvchi "O’zAuto Austem" kompaniyasi tomonidan qo‘l antiseptiklari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. U kuniga 1000 litr hajmda ishlab chiqariladi. Buning yordamida korxonada yangi ish o‘rinlari tashkil etish imkoniyati yaratildi. Mahsulot 100%ga oziq-ovqat ingrediyentlaridan iborat (etil spirti va ozuqaviy ranglar).

© AO "Uzavtosanoat"Kompaniyey "O’zAuto Austem", takje vxodashey v strukturu "Uzavtosanoat", nalajeno proizvodstvo antiseptika dlya ruk.
O‘zbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yo‘l tutmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Kompaniyey "O’zAuto Austem", takje vxodashey v strukturu "Uzavtosanoat", nalajeno proizvodstvo antiseptika dlya ruk.

Antiseptik mahsulotlar bilan sanoatning barcha korxonalarini ta’minlash bugungi kunda kompaniyaning ustuvor yo‘nalishidir. Bugungi kunda u "O‘zavtosanoat" AJning barcha korxonalariga yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, ushbu mahsulotni mamlakatdagi ichki bozorlarda sotish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bundan tashqari, antiseptik vositani eksport qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda, xususan, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ulgurji savdo korxonalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

© AO "Uzavtoprom"Produkt sostoit iz 100% pishevix ingrediyentov (etiloviy spirt i pishevie krasiteli).
O‘zbek avtosanoati epidemiya sharoitida qanday yo‘l tutmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Produkt sostoit iz 100% pishevix ingrediyentov (etiloviy spirt i pishevie krasiteli).

"Dunyodagi og‘ir vaziyatga qaramay, kompaniya ushbu sohani rivojlantirishni davom ettirmoqda. Og‘ir, kimoviy va boshqa qator sohalarni qamrab olgan avtomobilsozlik sanoatining multiplikativ xususiyatini hisobga olgan holda, 200 mingga yaqin odam ish bilan ta’minlanadi va barqaror ish haqqi bilan ta’minlanmay qolmaydi deb ishonch bilan aytishimiz mumkin. Bundan tashqari, joriy yil oxiriga qadar yana 2500 ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. Oldinda hammamizni epidemiyaga qarshi kurashish qiyin davri kutmoqda, ammo biz aminmiz - o‘zbek avtomobilsozlik sanoati, rivojlanishda davom etadi,"- deya hulosa qiladi "O‘zavtosanoat" AJ matbuot-xizmati rahbari Zumrad Shojalilova.

Yangiliklar lentasi
0