Moskvada politsiya migrant haydovchi boshqaruvida bo‘lgan taksiga o‘q uzdi

© Sputnik / Vladimir Baranov / Mediabankka o‘tishRabota sotrudnikov GIBDD v Moskve
Rabota sotrudnikov GIBDD v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada markaziy osiyolik taksi haydovchisi karantin qoidalarini buzib, politsiyadan qochib ketmoqchi bo‘ldi.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Moskvada politsiya bilan poyga uyushtirgan taksi haydovchisi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda shahar politsiyasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, politsiya xodimlari ichida bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan Hyundai Solaris rusumli taksi avtomobilini to‘xtatishgan, lekin haydovchi ularning talabiga bo‘y sunmay qochib ketishga uringan. 

Politsiya taksi ortidan quvishga va oxir oqibat avtomobil g‘ildiragiga o‘q uzishga majbur bo‘lgan. Qochish jarayonida taksi haydovchisi yo‘l-harakati  qoidalarini buzib boshqa haydovchilarni xavf ostiga qo‘ygan. 

Ayni damda taksi haydovchisiga nisbatan qonunbuzarlik to‘g‘risida bir necha protokollar tuzilgan, shuningdek uning o‘zi va yo‘lovchi Moskvada joriy etilgan o‘z-o‘zini yakkalash tartibini buzishda ham ayblanishmoqda. Haydovchi 5 sutkaga hibsga olingan avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0