Koronavirus o‘pkada bemor sog‘aygandan so‘ng ham "yashirinishi" mumkin — olimlar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLaboratoriya "Invitro" nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu
Laboratoriya Invitro nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar fikricha, aynan shu holat nega ushbu kasallik sog‘aygan bemorlarda takrorlanishi sababini izohlaydi

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Koronavirus organizmda sog‘aygandan keyin ham qolishi mumkin, bu Xitoyning Chunsin shahrida joylashgan Armiya tibbiyot universiteti olimlari tomonidan aniqlandi, deb yozadi South China Morning Post.

Laboratoriya NII skoroy pomoshi imeni N.V. Sklifosovskogo  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus umr davomiyligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 infeksiyasiga chalinganlarning o‘pkasida virus o‘ta chuqurlikda saqlanib qoladi va uni oddiy test tizimi yordamida aniqlashning imkoni yo‘q.

Misol tarzida uch marta analiz topshirgan va uch marta ham test uning organizmida "kovid" yo‘qlini ko‘rsatgan ayol keltirilgan. Shu bilan ayol kasalxonadan chiqishga tayyorlangan, ammo ertasi kuni yurak xuruji tufayli vafot etgan.

Ayol jasadi yorib ko‘rilgach, koronavirus qismlari o‘pkaning chuqur to‘qimalarida mavjudligi aniqlangan. Shu bilan birga ayolda hech qanday simptomlar kuzatilmagan.

Olimlarning fikricha, sog‘aygan odamlarda koronavirus takrorlanishi holatlariga aynan shu holat bilan izoh berish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0