TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tufayli Afg‘onistonning Hirot shahrida 500ga yaqin mahbus qamoqdan chiqarildi, deb xabar qilmoqda RT.
Telekanal tomonidan e’lon qilingan videolavhada mahbuslarga ularning hujjatlari va shaxsiy buyumlari topshirilib uylariga javob berilmoqda.
"Koronavirus epidemiyasi tufayli hukumat 500ga yaqin mahbuslarni qamoqdan ozod qildi. Undan tashqari biz dezinfeksiya choralari, ijtimoiy masofa saqlash va ommaviy tadbirlarni bekor qilish kabi choralarni ko‘rayapmiz. Hukumatining mamlakat bo‘yicha jami 12 299 nafar mahbuslarga javob berish rejalashtirilgan", - dedi Hiroy qamoqxonasi boshlig‘i Mayvand Samadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi xabarlarga ko‘ra Afg‘onistonda 2 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan. Ulardan 250 nafari tuzalib ketgan 60 nafari vafot etgan.