O‘zbekistonda 9-may bayrami ommaviy tadbirlarsiz o‘tkaziladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMuzikanti na prazdnike 9-maya v Tashkente
Muzikanti na prazdnike 9-maya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Maxsus komissiya karantin tadbirlari tufayli Xotira va qadrlash kunida memorial va qabristonlarga ommaviy gulchambar qo‘yish marosimlarini cheklashga qaror qildi", - deya ma’lumot berdi tezkor shtab vakili.

TOShKENT, 29 apr - Sputnik. O‘zbekistonda 9-mayda nishonlanadigan Xotira va qadrlash bayrami karantin rejimi tufayli ommaviy tadbirlarsiz va bayramona marosimlarsiz o‘tkaziladi, deb xabar berdi RIA Novosti mamlakat Vazirlar mahkamasi qoshidagi tezkor shtabga tayangan holda.

Toshkent markazida noyob G‘alaba bog‘i qanday yaratilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda G‘alaba bog‘i qurilishi yakunlanmoqda - video

"Maxsus komissiya karantin tadbirlari tufayli Xotira va qadrlash kunida memorial va qabristonlarga ommaviy gulchambar qo‘yish marosimlarini cheklashga qaror qildi", - deya ma’lumot berdi tezkor shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 9-may bayramiga tayyorgarlik to‘xtab qolmagan, balki hayotga tatbiq etilishda davom etmoqda. Xususan, Toshkent tumanlarining birida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan G‘alaba bog‘ining ochilish marosimiga tayyorgarlik olib borilmoqda.

Kursantki Voyennogo universiteta ministerstva oboroni RF na voyennom parade, posvashennom 73-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
SSSR va Rossiyada G‘alaba paradlari qanday o‘tkazilgan

"Respublikada joriy etilgan o‘z-o‘zini yakkalash tartibi munosabati bilan Rossiya elchixonasi bu yil G‘alaba kuniga bag‘ishlangan, xususan urush va mehnat faxriylari ishtirokidagi tadbirlarni o‘tkazmaydi", - deb ma’lum qilgan RIA Novostiga dipmissiya matbuot-xizmati.

Bu qaror eng avvalo keksa insonlar salomatligi to‘g‘risida qayg‘urgan holda qabul qilingan.

Sal oldin O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi o‘zining Telegram-kanalida "O‘lmas polk - chegara bilmaydi" aksiyasini onlayn tarzda o‘tkazish bo‘yicha  Rossiya vatandoshlari butunjahon muvofiqlashtirish kengashi tomonidan ilgari surilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.

"G‘alabani chizamiz" deb nomlangan bolalar orasida o‘tkaziladigan suratlar tanlovi ham xuddi shunday formatda o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0