Haydovchisiz KamAZlar Arktikada sinovdan o‘tkazildi — video

Obuna bo‘lish
Kamsk avtomobil zavodi yangi haydovchisiz yuk mashinalarini Arktika sharoitida sinovdan o‘tkazdi. Sinov muvaffaqiyatli kechdi

Test-drayv Yamalo-Nenes avtonom okrugidagi Sharqiy-Messoyaxsk konida o‘tkazildi. Haydovchisiz transportlar 2,5 ming kilometr masofani muvaffaqiyatli yengib o‘tdilar. Ular aloqa vositalari orqali axborot uzatib turgan.

Prezentatsiya KAMAZ v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "KAMAZ" rusumli yuk mashinalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Yuk mashinalari harakatini konda jihozlangan boshqaruv markazi mutaxassislari tomonidan nazorat qilingan.

"Bugungi kunda sanoat korxonalarining haydovchisiz tashuvlarga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda, sekin-asta qonunchilik bazasi shakllanmoqda, bu o‘laroq oldimizda yangi imkoniyatlar ochilmoqda", — deb aytdi "Kamaz" PAO bosh direktorining rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Irek Gumerov.

Haydovchisiz yuk mashinalarining asosiy xususiyati, ayniqsa, past haroratda - uzluksiz ish faoliyatidir. Ishlab-chiqaruvchilar so‘zlariga qaraganda, bunday KamAZlar haydovchilar tomonidan boshqariladigan mashinalarga qaraganda 50 foizga xavfsizdir.

Yangiliklar lentasi
0