TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Yana 20 nafar fuqaroning COVID-19ga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
“2020 yil 28-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1924 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekistonda ushbu kasallikdan ustun kelganlar soni 892 nafarni tashkil qilmoqda. Xususan, 27-aprel kuni 103 nafar bemor tuzalib ketdi. Jizzaxda koronavirus bilan kasallanganlar qolmadi. Uch bemor esa vafot etgan.