Foizsiz bo‘lib to‘lash avtomobillarga talabni tiklashga yordami beradimi?

© © iz lichnogo arxiva Shaparina AntonaShaparin Anton
Shaparin Anton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV Moskva shahar bosh boshqarmasi kengashi a’zosi Anton Shaparin inqiroz sharoitida avtomobil segmentidagi talabning pasayishi asosiy muammo ekanligini ta’kidladi.

UzAuto Motors kompaniyasi karantin davrida mijozlarga avtomobillar uchun foizsiz bo‘lib to‘lashni amalga oshirishni taklif qilmoqda. Rossiya Milliy avtomobil ittifoqi birlashmasi vitse-prezidenti Anton Shaparin, ushbu chora pasaygan talabni tiklashga yordam berishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, aholi daromadlari keskin pasayib ketayotgan bir paytda, saxiy marketing kampaniyalari vaziyatni tubdan o‘zgartira olmaydi.

"Vaziyat jiddiy va men yaxshilanish tendensiyasini ko‘rmayapman. O‘ylaymanki, UzAuto Motors taklif qilgan qadamlar ma’lum darajada talabni rag‘batlantirishi mumkin, ammo bir narsani tushunishimiz kerak: kimdir foizsiz bo‘lib to‘lovlar va shunga o‘xshash narsalar haqida gapirganda, bularning barchasi ishlab chiqaruvchi yoki dilerning o‘z hisobiga amalga oshiriladi. Hozirda kompaniya talabni qanchadir rag‘batlantirishi uchun muhim moliyaviy oqim bilan xayrlashishga tayyor. Bunday sharoitda, albatta, davlat yordamiga, masalan, yirik davlat xaridlariga tayanish kerak", - dedi Shaparin.

Mutaxassisning to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.

Ekspert o tom, pomojet li besprotsentnaya rassrochka ojivit spros na avtomobili v RUz
Yangiliklar lentasi
0