O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon necha ming kishiga ko‘paygani ma’lum qilindi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Tashkente proxodit festival morojenogo
V Tashkente proxodit festival morojenogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 34,03 mln kishini tashkil etmoqda.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekistonning doimiy aholisi soni yanvar-mart oylarida 131,6 ming kishiga ko‘payib, 34,03 mln kishini tashkil etdi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasining demografik holat to‘g‘risidagi hisobotida keltirilgan.

Shahar aholisi 17,1 million kishini (jami aholining 50,5 foizini), qishloq aholisi esa 16,8 millionni (49,7 foiz) tashkil etdi.

Eng ko‘p aholi soni Samarqandda — 11,4% (mamlakat umumiy aholisidagi ulushi), Farg‘ona — 11,1%, Qashqadaryo viloyatida — 9,7% va Andijonda — 9,2% qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra respublika doimiy aholisi sonining 30,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0