Jizzaxdagi bemorlarning barchasi koronavirusdan tuzalib ketdi

© Minzdrav UzbekistanaV Namangane 11 chelovek vilechilis ot koronavirusa
V Namangane 11 chelovek vilechilis ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzaxda so‘nggi ikki bemor koronavirusni yengishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 810 nafarga yetdi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Namanganda 4 nafar, Jizzaxda esa barcha bemorlar davolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Jizzaxda tuzalib chiqqan ikki bemor jizzaxlik bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.

“Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan avval 1 nafar fuqaro sog‘ayib chiqqan edi. Endilikda ushbu ikki nafar bilan viloyatdagi koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘ayib chiqishdi”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, Namanganda sog‘ayganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichiga 31 yoshda.

Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shu tariqa, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 810 nafarga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0