Koronavirus epidemiyasi boshlanganidan so‘ng, O‘zbekiston o‘zining xorijdagi fuqarolarini vataniga qaytarish chora tadbirlarini ko‘ra boshladi. Birinchi navbatda Xitoyning Uxan shahridan olib kelingan o‘zbekistonliklar Toshkent viloyatida joylashgan oromgahlarga joylashtirildi.
Keyinchalik Rossiya, Yevropa va boshqa mamlakatdan ham minglab fuqarolar vataniga qaytarila boshlanganidan so‘ng Toshkent shahar hokimligi tomonidan karantin majmuasi qurilishi haqida qaror qabul qilindi.
Bir necha yuzlab dengiz konteynerlari qisqa vaqt ichida qayta jihozlanib vaqtincha yashash joyiga aylantirildi. U yerga 7500 nafar xorijdan qaytgan fuqarolar joylashtirildi.
Karantin majmuasida yashayotgan fuqarolar uchun 3 mahal issiq ovqat, shaxsiy gigiyena xonalari, kir yuvish joyi va boshqa xo‘jalik xizmatlari ishga tushirildi.
Ushbu infografikamizda karantin majmuasida vaqtincha yashashga majbul bo‘lgan fuqarolar uchun tuzilgan taomnoma bilan tanishing.