Chernobil AESi atrofida xavfli o‘rmon yong‘ini bo‘lib o‘tdi - video

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPojar v zone otchujdeniya Chernobilskoy AES
Pojar v zone otchujdeniya Chernobilskoy AES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chernobil AESi yaqinidagi xavfli o‘rmon yong‘ini muvaffaqiyatli bartataraf etildi deb xabar qildi Ukraina ichki ishlar vaziri.

TOShKENT, 27 apr - Sputnik. Ukraina hukumati Chernobil AESi yaqinidagi yong‘in barataraf etilganini xabar qildi.

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov yong‘in Chernobil AESinning 4-blokidan 1,5 km masofada muvaffaqiyatli bartaraf etilganini xabar qildi. Yong‘in 4-aprel kuni boshlangan edi. Uning sabablari hozircha aniq emas, deb xabar qilmoqda RT.

Eslatib o‘tamiz, bundan 34-yil oldin 1986-yil 26-aprel kuni insoniyat tarixidagi eng yirik texnogen falokatlardan biri sodir bo‘lgan edi. Chernobil AESning 4-energiya bloki portlashi oqibatida radiatsiya yuzlab kilometr masofaga tarqalib, 200 ming metr kvadrat hududi radioaktiv zaharlangan edi. 

Texnik nosozlik oqibatida sodir bo‘lgan portlashda 2 kishi qurbon bo‘ldi, 600 nafar stansiya xodimlari yuqori doza nurlanish olib, ulardan 28 nafari bir yil ichida vafot etgan. 

Radiatsiya yanada keng tarqalishini oldini olish maqsadida qisqa vaqt ichida AES 4-blokini ustida o‘lchami 200 * 200 metr, balandligi 50 metrdan bo‘lgan temir-beton himoya qubbasi - "Sarkofag" barpo etilgan edi. 2004-2008 yillarda Ukraina tomonidan xalqaro hamjamiyat hamkorligida ushbu himoya qubbasi ustidan yana bir himoya qatlam barpo etilib, himoya qubbasining ishlash muddati yana 100-yilgan uzaytirilgan edi.  

Himoya qubbasi ostida yadroviy yonilg‘ining 96 % qolgan. Jumladan 180 tonna uran 235 va 70 ming tonna radiaktiv metal, shisha va beton qoldiqlari.  Ularning umumiy radioaktivligi 2 mln kuridan ortiq. 

Yangiliklar lentasi
0