TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining tegishli qarori 24-aprel kun qabul qilingan.
Tayinlovga qadar Boboyev mazkur uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Unga 2019-yil yanvar oyi oxiridan uyushmaning raisi vazifasini bajarish yuklangan edi