Zilzila natijasida o‘sha paytda Toshkentda yashayotgan bir yarim million odamdan 300 mingdan ziyodi boshpanasiz qolgan.
Sobiq Sovet Ittifoqining boshqa respublikalarining yordami bilan 3,5 yil ichida shahar to‘liq tiklandi.
“Ushbu fojiali voqeani eslab, biz sizning e’tiboringizga tarixiy arxiv hujjatini - RSFSR Vazirlar Kengashining 1966-yil 23-maydagi Toshkentdagi zilziladan jabr ko‘rgan 1000 oilani joylashtirish va ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi 1284-sonli buyrug‘ini taqdim etmoqchimiz”, - deyilgan xabarda.
Ushbu hujjat O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanmoqda, f. R-2515, r. 1, y.j. 32