TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘tgan sutkada Rossiyada 6361 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Bu haqda mamlakat tezkor shtabi xabar qildi.
Yangi kasallanish mamlakatning 83 ta mintaqasida qayd etilgan. 26-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga giriftor bo‘lganlarning umumiy soni 80 949 nafarga yetgan.
Qayd etilishicha, eng ko‘p kasallanish holati Moskvada aniqlangan. O‘tgan kun davomida Rossiya poytaxtida 2971 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan.
Rossiyada bugunga qadar 747 kishi koronavirusdan vafot etgan. Kasalxonadan 6767 kishiga javob berilgan va ular to‘liq tuzalib ketgan.