Oʻzbekiston jurnalistikasi veteranlariga 150 million soʻm ajratildi

© Obщestvennыy fond podderjki i razvitiya natsionalnыx mass-mediaFond mass-media okajet pomoщ veteranam jurnalistiki i nujdayuщimsya predstavitelyam SMI
Fond mass-media okajet pomoщ veteranam jurnalistiki i nujdayuщimsya predstavitelyam SMI - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xususan, birinchi bosqichda ularning uylariga oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami yetkazilish boshlangan boʻlsa, keyingi bosqichda ularning har biriga maxsus plastik kartochkalarda 1 mln soʻmdan pul mablagʻlari taqdim etiladi.

TOSHKENT, 25 apr - Sputnik. Oʻzbekiston jurnalistikasi veteranlariga 150 million soʻm ajratildi. Bu haqda Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov oʻzining Feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

Ziyoratxon Mirziyoyeva  - Sputnik Oʻzbekiston
Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond oʻz faoliyatini boshladi

""Xavfsiz Yordam" loyihasini davom ettirgan holda jurnalistika va telekommunikatsiya sohasining 100 nafar vakillari roʻyxatini shakllantirdik. Mazkur roʻyxatning asosini jurnalistika sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar tashkil qildi, shuningdek salomatligini tiklash uchun davolanayotgan hamda turli oilaviy sabablarga koʻra ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan jurnalistlar ham kiritildi. Roʻyxatni shakllantirishda, tegishli tashkilotlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi jurnalistlar guruhlari yaqindan yordam berishdi", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, Fond tomonidan roʻyxatdagilarga ikki bosqichda jami 150 million soʻmlik moddiy yordam koʻrsatiladi. Xususan, birinchi bosqichda ularning uylariga oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami yetkazilish boshlangan boʻlsa, keyingi bosqichda ularning har biriga maxsus plastik kartochkalarda 1 mln soʻmdan pul mablagʻlari taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0