Jahon banki O‘zbekistonga koronavirusga qarshi shoshilinch choralar uchun 95 mln $ ajratdi

© BRENDAN SMIALOWSKI / AFPShtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha bo‘yicha $57 mln atrofidagi mablag‘lar kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ishsiz fuqarolarga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini kengaytirish uchun sarflanadi.

TOShKENT, 25 apr - Sputnik. Jahon banki koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston fuqarolarining salomatligi va farovonligiga ta’sirini yumshatish bo‘yicha favqulodda choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun $95 mln moliyalashtirish dasturini tasdiqladi.

Mujchina osushestvlyayet denejniy perevod - Sputnik O‘zbekiston
COVID tufayli Markaziy Osiyoga pul o‘tkazmalari keskin kamayadi - Jahon banki

"Jahon bankining moliyalashtirishi xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlar koalitsiyasi tomonidan tashkil etilgan aholini pandemiya xavfidan himoya qilishda hukumatga ko‘rsatilayotgan yordamning bir qismi sifatida taqdim etiladi", - dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning boshqa agentliklari, xalqaro moliyaviy institutlar, shu qatorda Jahon banki guruhi, ikki tomonlama yordam agentliklari va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan Chegara bilmas shifokorlar (MSF) ushbu og‘ir vaziyatda mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda xayrixohlik bildirishmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Jahon banki ko‘magi bilan koronavirus infektsiyasining oldini olish, uning profilaktikasi va tarqalishini nazorat qilish uchun milliy sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga $38 mln sarflanadi.

Selskiy dom v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki O‘zbekistonga qishloqlarni rivojlantirish uchun qarz beradi

Ushbu mablag‘lar shaxsiy himoya vositalarini, dori-darmonlarni va hayotiy zarur tibbiy asbob-uskunalarni, shu jumladan o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmalarini sotib olishda, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaydigan shifoxonalarni jihozlash uchun ham ishlatiladi.

Loyiha bo‘yicha $57 mln atrofidagi mablag‘lar kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ishsiz fuqarolarga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini kengaytirish uchun sarflanadi.

"Men shifokorlarga, hamshiralarga va bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashning boshida turganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘zlarini xavf ostiga qo‘yib, ular boshqalarning hayotini saqlab qolishmoqda. Keling, uyda qolib, shaxsiy gigiyena qoidalariga, ijtimoiy masofalanishga va karantin choralariga rioya qilgan holda, ularga kasbiy burchlarini bajarishda yordam beraylik", - deya ta’kidlagan Xideki Mori.

Jahon banki guruhi (JBG) rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eng katta moliyalashtirish va bilim manbalaridan biri bo‘lib, ushbu mamlakatlarga pandemiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda yordam beradigan keng ko‘lamli va tezkor tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0