Matviyenko Rossiyada cheklov choralari qachon olib tashlanishi haqida to‘xtaldi

© Press-slujba Soveta Federatsii RF / Mediabankka o‘tishVneocherednoe zasedanie Soveta Federatsii RF
Vneocherednoe zasedanie Soveta Federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko jahon koronavirus tarqalishi oqibatlarini hali beri yenga olmasligi bois, rossiyaliklarni joriy yilda mamlakat tashqarisiga safarni rejalashtirmaslikka chaqirdi.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Koronavirus epidemiyasi tufayli kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi, deb bayonot berdi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida.

Na stansii Kiyevskaya Filevskoy linii metro v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Jimjitlik hukmron: Moskva metrosi o‘zini yakkalash davrida

"Lekin birdan emas, buning uchun vaqt kerak", - deb qo‘shimcha qildi u.

Spikerning aytishicha, bu infeksiya qayta avj olmasligi uchun muhim.

Hukumat odamlarni o‘z-o‘zini yakkalash tartibida ushlab o‘tirishdan manfaatdor emas, lekin bu choralarsiz bo‘lmasdi, deb aytgan Matviyenko.

Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko jahon koronavirus tarqalishi oqibatlarini hali beri yenga olmasligi bois, rossiyaliklarni joriy yilda mamlakat tashqarisiga safarni rejalashtirmaslikka chaqirgan.

Matviyenkoga ko‘ra, karantin qachon tugashi bo‘yicha aniq muddatlarni hozir hech kim ayta olmaydi.

Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning to‘qqizta vaksina ishlanmasi COVID-19ga “zarba beradi”

COVID-19 yangi turdagi koronavirus infeksiyasi epidemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yarim milliondan ziyod kishilar infeksiyaga chalingan, 176 minggi vafot etgan. Qurbonlar soni eng ko‘p AQSh, Italiya, Ispaniya va Fransiyada qayd etilgan.

Rossiya infeksiyaga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda o‘ninchi o‘rinda — 68 622 kishi, 615 bemor vafot etgan, 5568 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Rossiyaning ko‘plab regionlarida o‘z-o‘zini yakkalash rejimi amal qilmoqda, ayrimlarida "ruxsatnoma" tizimi joriy qilingan. Hukumat fuqarolarni o‘z uylarida qolishga chorlab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0